Eronlik futbolchilar davlat madhiyasini ijro etmadi

Оқил Абдубарноев
21 noya 2022, 19:10
Ayni damda Eron terma jamoasi Angliyaga qarshi bahs olib bormoqda.

O'yin boshlanishidan avval odatdagidek stadionda ishtirokchi davlatlarning madhiyalari yangradi. Qizig'i shundaki, Erondan kelgan muxlislar tribunadan o'z milliy madhiyalarini hushtakbozlik bilan kutib olishgan bo'lsa-da, jamoa futbolchilari madhiyani ijro etmadilar.

Futbolchilar va muxlislarning xatti-harakatlari Eronda bo'layotgan noroziliklar bilan bog'liqligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia