Eronlik darvozabon "Persepolis"da qolishni lozim topdi

Xayrulla Xoliqov
16 iyul 2018
Eron terma jamoasi darvozaboni Alirizo Beyranvand jahon chempionatidan so'ng boshqa jamoaga o'tishi kutilgandi.

Unga uchta klubdan jiddiy taklif tushgandi: Turkiyaning "Rizespor", Italiyaning "Torino" va Kievning "Dinamo"si. Biroq darvozabon hozirgi jamoasi "Persepolis"da qolishni afzal bildi.

Darvozabon Tehron grandi safida qolishni Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqishni xohlayotgani bilan izohladi. "Persepolis" OCHL chorak finalida Qatarning "Al Duhayl" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ma'lumki, Beyranvand JCH-2018da juda yaxshi o'yin namoyish etdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com