Eron U23 terma jamoasi Qibrayda mashg'ulotlarni boshladi

Оқил Абдубарноев
4 sen 2023
Eron Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida qatnashish uchun O'zbekistonga yetib keldi.

Forslar Toshkentdagi "Wellness Hotel" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg'ulotlarni esa "Paxtakor" klubining Qibray tumanidagi bazasida o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, Eron U23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida O'zbekiston, Afg'oniston va Hong Kong bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichi g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta terma jamoa qita turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Avvalroq jamoa futbolchilariga Olimpiada yo'llanmasi evaziga o'ziga xos mukofot vada qilingani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Эрон футбол федерацияси