Eron PFL legionerlarni mamlakatga qaytarishni so'rayapti

Xayrulla Xoliqov
18 may 2020, 14:38
Aftidan tez orada Eron milliy chempionati ham davom ettiriladigan ko'rinadi.

Negaki Eron professional futbol ligasi klublarga legionerlarni yana mamlakatga qaytarish bo'yicha rasmiy murojaat bilan chiqdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Eron chempionati 11 mart kuni to'xtab qolgandi. 

Lekin hozirgi paytga kelib mamlakatda ahvol ancha yaxshi tomonga o'zgargani aytilmoqda hamda Eron prezidenti Hassan Ruhoniy Ramazondan so'ng futbol o'yinlariga ruxsat berilishini aytib o'tdi. 

Chempionat to'xtatilgach ko'pchilik legionerlar o'z yurtlariga qaytib ketgandi. Shu bois klublar endilikda sekin-asta o'z futbolchilarini tarkibga yig'ishlari mumkin. 

Lekin bu yerda bitta muammo bor: xalqaro uchishlar tiklanmagan bir paytda legionerlar qanday yetib keladi? Hozirgi paytda Eron futbol federatsiyasi shu haqda bosh qotiryapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com