Eron OAV: Keyrushning terma jamoadagi taqdiri so'roq ostida qolmoqda

Xayrulla Xoliqov
16 may 2018, 12:59
Eron saytlaridan beri mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning JCH-2018dan keyingi taqdiri hali noma'lumligini yozdi.

Shubha yo'qki, Eron terma jamoasi jahon chempionatida Karlush Keyrush qo'l ostida ishtirok etadi. Ammo uning mundialdan keyingi taqdiri so'roq ostida qolmoqda. Keyrush 4 may kuni Dubayda o'tkazilgan Osiyo Kubogi qur'a tashlash marosimiga kelmadi, bu esa shubha-gumonlarni yana ko'paytirdi.

Jurnalistlarning nima uchun qur'aga bormadingiz degan savoliga portugaliyalik mutaxassis Osiyo Kubogi paytida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lmasligini aytgan. Yaqinda Keyrush Eron futbol federatsiyasidagilar bilan tortishib qoldi, chunki murabbiy terma jamoani mundialga jiddiy tayyorlashi uchun etarli sharoitga ega emas deb hisoblayapti.

Aslini olganda portugaliyalik murabbiyning federatsiya bilan janjallashib qolishi birinchi bor ro'y berayotgani yo'q. Karlush Keyrush bungacha ham bazi kishilar bilan tortishgan. Lekin bu safargisi ancha jiddiyga o'xshayapti. Natijada mahalliy OAV Keyrush bu safar aniq ketadi degan taxminni ilgari surmoqda.

Ma'lumki, Eron JCHda ancha qiyin guruhdan joy olgan. Forslar guruh bahslarini Marokash, Ispaniya va Portugaliyaga qarshi o'tkazishadi. Ammo yanvarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida Eron favoritlardan biri hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com