Eron - Kanada uchrashuvi bekor qilindi. Eron o'ziga boshqa raqib topdi

Xayrulla Xoliqov
30 may 2022, 18:05
Shu yilning 5 iyun kuni Eron va Kanada milliy terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi belgilab qo'yilgandi.

Biroq Kanada futbol federatsiyasi bazi sabablarga ko'ra, Eron bilan o'ynashni xohlamadi va buning natijasida uchrashuv bekor qilindi. Shundan so'ng Eron futbol federatsiyasi zudlik bilan boshqa jamoa qidirishga tushdi va uch kun ichida yangi raqib topdi. 

Endilikda eronliklar iyun oyida boshqa kuchli jamoa - Urugvayga qarshi maydonga tushishadi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi Bosh kotibi Hassan Kamranifar jurnalistlarga ma'lum qildi. 

Hassan Kamranifar bu haqda shunday dedi: "31 may kuni milliy jamoa Dohada mashg'ulotlarni boshlaydi. Bizga ma'lum bo'lishicha, Urugvay va Meksika o'rtasidagi o'yin bekor qilindi. Shundan so'ng Urugvay futbol federatsiyasi bilan aloqaga chiqib, kelishuvga erishdik. Dohadagi mashg'ulotlarni yakunlab, Montevideoga uchamiz va 11 yoki 12 iyun kuni Urugvayga qarshi bahs olib boramiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com