Eron ayollar terma jamoasi futbolchilari xoinga chiqarildi, ular qatl etilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026
Eron davlat televideniesi ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'yinlaridagi norozilik harakatlaridan so'ng mamlakat terma jamoasi futbolchilarini jazolashni talab qilmoqda.

Eron ayollar terma jamoasi o'z mamlakati va AQSH o'rtasidagi ziddiyat boshlanganidan bir necha kun o'tib, 2 mart kuni start olgan ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogidagi yurishini yakunladi. 

Mazkur turnir davomida futbolchilar o'z vatanlarida sodir bo'layotgan voqealarga turli ishoralar orqali norozilik bildirishga harakat qilishdi. Ulardan biri - Janubiy Koreyaga qarshi dastlabki o'yin boshlanishidan oldin o'z mamlakati madhiyasini kuylashdan bosh tortish bo'ldi. 

Chempionat doirasidagi Avstraliyaga qarshi ikkinchi bahsda esa ular madhiyani kuylashdi, biroq bu gal norozilik sifatida harbiycha salom berishdi. Ushbu harakatlarning barchasi ularning o'z mamlakatida har kuni boshdan kechirayotgan holatlariga nisbatan norozilik ifodasi edi.

Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab, turnirni erta tark etdi va ularning Osiyo Kubogidagi ishtiroki o'z nihoyasiga etdi. 

Endilikda ularning yaqin orada mamlakatiga qaytishi FIFPRO (Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi) Osiyo/Okeaniya bo'limida jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Chunki Eron davlat televideniesi futbolchi qizlarni "urush xoinlari" deb atab, ularni jazolashni talab qilgan. 

Agar ular haqiqatan ham xoin deb topilsa, buning uchun belgilanadigan jazo – o'lim (qatl etish) bo'lishi mumkin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS