Ernesto Valverde: “Real”ga qarshi durang ham yomon natija emas”

Tolibjon Qosimov
3 fev 2014, 11:41
“Atletik” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde, Ispaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Real” klubiga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoaning o'yinidan mamnunman. Futbolchilar oldinga qiyilgan vazifani uddalashdi. Madridliklarga hujum qilish uchun imkoniyat bermadik. Biz o'yin oxirida ikkinchi golni ham urishga harakat qildik, ammo buning iloji bo'lmadi. Umuman olganda Real”ga qarshi durang yomon natija emas”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi AS.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net