Ernesto Valverde "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nima dedi?

Aslanov Jasurbek
23 dek 2017, 20:15
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde LaLiganing 17-tur uchrashuvida "Real" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz baxtlimiz, chunki kuchli jamoani raqib maydonida mag'lub etdik. Ammo hali birinchi davra ham yakunlangani yo'q, oldinda bahslar ko'p. "Barselona"ning hozirgi holati hamma narsa hal degani emas.

"Real" o'z o'yinimizni namoyish etishga halaqit qildi, biroq biz vaziyatlar yarata oldik va gol urdik. Raqib kamchilikda kuchliroq o'ynadi" - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS