Ernesto Valverde Messining hisoblanmagan goli haqida nima dedi? (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 13:43
26 noyabr kuni "Barselona" LaLiganing 13-tur uchrashuvlari doirasida "Valensiya" mehmoniga aylandi.

1:1 hisobida yakunlangan o'yinda bahs bosh hakami Lionel Messining golini hisobga olmadi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot-anjumanida Kataloniya klubi ustozi Ernesto Valverde ushbu vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Malaga"ga qarshi o'yinda biz to'p maydonni tark etganidan so'ng gol urgan edik. Bu bahsda o'sha gol uchun javob qaytarildi".

Eslatib o'tamiz, "Malaga"ga qarshi uchrashuvda "Barselona" to'p maydondan chiqib ketganidan so'ng gol urishga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals