Ernesto Valverde: "Barselona" Messisiz ham vaziyatdan chiqib ketishi kerak edi"

17 avg 2019, 07:12
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 1-turida "Atletik Bilbao"ga uchralgan mag'lubiyat (0:1)dan so'ng, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmagani ko'rinib qoldi. Yaqqol vaziyatlar sodir etgan bo'lsak-da, o'yinni nazorat qilmadik. Ikkinchi taymda o'yin nazoratimiz ostida o'tdi. Ammo, raqib jamoa vakillari chuqur himoya evaziga bizga xavfli vaziyatlar yaratishga deyarli imkon berishmadi. 

Messini yordami kerak bo'lgan vaziyatga tushib qoldik, biroq Leosiz ham ushbu jarayonni engib o'tishimiz kerak edi. Albatta, Bilbaodagi o'yinda u bizga yetishmadi", - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com