

58 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma muddati ma'lum qilinmagan.
Valverde "Atletik"ni faoliyatida uchinchi bor qabul qilib oldi: u bunga qadar 2003 yilning iyulidan 2005 yilning iyuniga qadar va 2013 yilning iyulidan 2017 yilning iyuliga qadar boshqargan. U shuningdek Bilbao jamoasida 1990 yildan 1996 yilgacha to'p tepgan.
Valverde "Atletik" tarixida bosh murabbiy sifatida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi.




