Ernandes "Atletiko"ga qaytishi mumkinligini tan oldi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2022, 18:56
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes "Atletiko"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Agar shunday imkoniyat bo'lsa, nega endi yo'q? Bu klub menga hamma narsani berdi va men unga doim omad tilab qolaman", – dedi futbolchi.

Fransiyalik o'yinchi Madridning "Atletiko" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniya klubida 2014 yildan 2019 yilgacha o'ynagan. Madrid jamoasi bilan Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.

Ernandes joriy mavsum "Bavariya" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE