Ernan Krespo ishsiz qoldi

“Banfild” klubi Ernan Kresponi ishdan bo'shatdi.

Argentinalik mutaxassis Ernan Krespo “Banfild” klubi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Krespo klubi 2018 yil dekabridan beri boshqarib kelayotgandi. Klub uning qo'l ostida 18 ta o'yin o'tkazib, 4 tasida g'alaba qozondi, 8 ta sida mag'lub bo'lib, 6 ta bahsda durangga erishdi.

Krespo “Banfild”ga qadar “Parma” klubida vice-prezident lavozimida ishlagandi. Unda oldin esa B Seriya klubi “Modena”ni boshqargandi. 


Manba: Football Italia