Ermatov brigadasi Kashiva Reysol - Shandong Luneng o'yinida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2015, 16:24
Osiyo Chempionlar Ligasi-2015 guruh bosqichi doirasidagi “E” guruhidan o'rin olgan “Kashiva Reysol” (Yaponiya) – “Shandong Luneng” (Xitoy) jamoalari o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borishi ma'lum qilindi.
17 mart sanasida Yaponiyadagi “Hitachi Kashiwa” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinda Ravshan Ermatov bosh hakamlik qilsa, unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi.

Osiyo Chempionlar Ligasi-2015

“E” guruhi, 3-tur. “Hitachi Kashiwa” stadioni, Yaponiya
“Kashiva Reysol” (Yaponiya) – “Shandong Luneng” (Xitoy)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari:  Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Yordamchi hakam: Rovan Arumugan (Hindiston)
Komissar: Hamed Momeni (Eron)
Nazoratchi: Muhammad Rodzali (Malayziya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com