Erling Xoland "Siti"ning APLdagi o'yinini o'tkazib yuboradi. Gvardiola buni tasdiqladi

Administrator
24 apr 2024, 22:28
"Man Siti" navbatdagi o'yinini Erling Xolandsiz o'tkazadi.

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning APL doirasidagi "Brayton"ga qarshi o'yinida Erling Xoland maydonga tushmasligini ma'lum qildi. Avvalroq, Erling "Chelsi"ga qarshi Angliya kubogi o'yinida ham o'ynamagandi.

"Erling ertangi o'yinda maydonga tushmaydi. Stounz va Foden esa "Brayton"ga qarshi o'ynashlari mumkin. Erlingning muammosi jiddiy emas, ammo ertaga u safda bo'lmaydi", -deydi Pep Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC