Erling Xoland: "Odamlar gol urishimdan emas, gol urmasligimdan shokka tushishmoqda"

Mirjalol Normatov
6 okt 2023, 21:14
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland odamlarga uning gol ura olmayotgani shokka tushirayotganini aytdi.

"Balki bu ijobiy holatdir: odamlar gol urishimdan emas, gol urmasligimdan shokka tushishmoqda.

Agarda gol urmasam, Norvegiya matbuotida mening maydonni golsiz tark etganimni sarlavhaga olib chiqishadi. Qarang, buning qanchalik qadri yuqori.

Balki bu yaxshidir. Hech nimadan shikoyat qilmayman, "Siti" bilan gollar urish uchun shartnoma imzolaganman. Barchasi kutilganidek, balki, bunchalik darajada emasdir ham. Biroq men hali ham gollarga chanqoq o'sha-o'sha yigitman", - dedi Xoland.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal