Erling Xoland: "Liverpul"ga qarshi o'yin - faoliyatimdagi eng muhimi"

Alisher
10 dek 2019, 10:20
"Zalcburg" hujumchisi Erling Xoland YCHL doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yo'qotadigan hech narsamiz yo'q. Biz maydonga tabassum bilan tushib, o'yindan zavq olishimiz kerak. Bu mening faoliyatimdagi eng muhim o'yin.

Rostini aytsam bu yaxshi holat. Men orzularda yashayman. Bu esa men orzu qilgan o'yinlar. Men vaziyatlardan rohatlanishga tayyorman.

Men o'zimni ishimga, yani futbolga e'tiborimni qarataman. Kundalik ishlardan zavqlanishga, yaxshi kayfiyatni saqlab qolishga va shu lahzalardan zavq olishga harakat qilaman. Hozir mening barcha o'ylarim "Zalcburg" bilan bog'liq. Men har o'yinda futboldan rohatlanaman", - deydi Xoland.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com