Erling Xoland: "Gvardiola eng yaxshi murabbiy, balki tarixdagi eng zo'ridir"

Mirjalol Normatov
22 noya 2024
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga yuqori baho berdi.

"U ayni damda dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Balki, tarixdagi eng zo'ri bo'lishi ham mumkin", - dedi Xoland.

Oldinroq Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan yana bir yillik shartnoma imzolashi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Xoland 2022 yildan buyon Gvardiola qo'l ostida o'ynamoqda. U "Man Siti"ga qadar Dortmundning "Borussiya"sida faoliyatini olib borayotgandi. Angliyadagi debyut mavsumida Xoland trebl qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports