Erling Holand Mbappeni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2022, 14:50
ESPN Stats & Info xabariga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand YCHLda 25 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Kecha futbolchi 1-tur doirasida "Sevilya"ga qarshi (3:0) bahsda dublga erishdi.

Norvegiyalik to'purar bunday natijani 22 yosh va 47 kunligida ko'rsatdi.

Oldingi rekord PSJ hujumchisi Kilian Mbappega tegishli edi: 22 yosh va 80 kunlik. Bundan tashqari, Holand 25 ta golni dastlabki 20 ta o'yindayoq urishning uddasidan chiqdi. Oldin bunday natijani hech kim qayd eta olmagan.


Xolanddan navbatdagi ikki rekord         


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ESPN Stats & Info