

- G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Albatta yirik hisobdagi g'alaba ikki hissa yoqimli. Biz har bir o'yinga bir xil tayyorlanamiz. Har doim muxlislarimizni xushnud etib, ularga g'alabalarni taqdim etishga harakat qilamiz. Bu g'alabani tezda unutib, "Metallurg" bilan bo'ladigan bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bekobodda bizni qiyin va qiziqarli uchrashuv kutmoqda. G'alaba uchun esa bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz. Maqsadimiz doimo ishqibozlarimizni xursand etish.


