Erkin Boydullaev ertadan boshlab "Paxtakor" safida mashg'ulotlarga kirishadi

2 yanv 2015, 23:02
O'tgan mavsumni "Nasaf" safida o'tkazgan Erkin Boydullaevning "ajdarlar" bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etgan va hozirda futbolchi erkin agent sifatida "sherlar" safiga borib qo'shilishga yaqin turibdi.

Erkin Boydullaev ertadan boshlab mamlakat chempioni "Paxtakor" bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashi kutilmoqda.

Hozircha klub va futbolchi o'rtasida rasman shartnoma imzolanmagan.

Shuningdek Erkin Boydullaevga Eronning "Fulad" jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Eronliklar Erkin Boydullaevga aniq taklif bilan chiqishgan, biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.


Manba: championat.asia