Erkin agentga aylangan Sneyder faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?
Aslanov Jasurbek
29 iyul 2017, 17:23
"Galatasaroy" bilan shartnomasini bekor qilgan yarim himoyachi Uesli Sneyder faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli gollandiyalik futbolchi erkin agent sifatida "Nicca"ga o'tishi mumkin. Fransiya klubi Sneyder bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Futbolchi so'nggi mavsum Turkiya chempionatining 28 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi.