Eriksenga PSJ qiziqmoqda. Leonardo o'yinchining agenti bilan muloqot qildi

Alisher
2 okt 2020
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Daniyalik futbolchining transferiga "Pari Sen-Jermen" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Parijliklar sport direktori Leonardo transfer borasida 28 yoshli xavbekning agenti bilan muloqot qilgan. "Inter" o'z navbatida o'yinchini sotmoqchi emas.

Eriksen joriy mavsum Italiya A Seriya doirasida 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira