Eriksen maydonga qaytgani haqida: “Ajoyib tuyg'u”

Eldor Akmurzayev
27 fev 2022, 09:15
APL 27-turida “Brentford” 0:2 hisobida “Nyukasl”ga yutqazdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Kristian Eriksen zaxiradan o'yinga qo'shildi. U terma jamoada yurak xurujidan 259 kundan o'tib, yana maydonga qaytdi.

“Juda xursandman. Boshdan o'tkazganlarimdan keyin qaytish... Oila-a'zolarim bundan ham jiddiyroq qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bo'lsa-da, maydonga qaytib, o'zgacha tuyg'uni his etdim”, deydi daniyalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AP News