

- Irlandiya katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Ular bizning himoyachilarimizda yaxshigina muammolarni yuzaga keltirishdi. Birinchi taym Irlandiya foydasiga bo'ldi. Asosan ular hujum qilishdi va ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Irlandiya bugun bizga engil nafas olishga imkon bermadi. Goldan so'ng o'yinimiz menga biroz yoqdi. Aynan men yoqtirgan uslubda o'ynashni boshladik. To'pni tezkorlik bilan bir-biriga uzatish, qanotlarni almashtirib o'ynash va asosan Martin Olsson qanoti orqali hujumlar tashkil etish. Lustigning jarohati qanchalik jiddiy ekanligini ertaga bilamiz.



