Erik Xamren: "Guruhimizda Belgiya va Italiya - favorit"

Narzulla Saydullayev
13 dek 2015, 09:42
Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Xamren Evro-2016ga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizga Avstriya tushganida yaxshi bo'lardi. Belgiyadan ko'p narsa kutishmoqda. Italiya saralashda u qadar yaxshi ishtirok etishmadi, ammo final bosqichlarida doim muvaffaqiyatli qatnashishadi. Albatta, guruhimizda Belgiya va Italiya - favorit", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Shvetsiya "E" guruhida Italiya, Belgiya va Irlandiya bilan kuch sinashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com