Erik ten Xag: "Ronaldu har qanday himoya uchun jiddiy xavf"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2022, 01:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronalduning ayni damdagi hissiyotlari haqida so'ramoqchi bo'lsangiz, bu savolni unga bering.

U haqiqiy professional, jamoada ishlay oladi, Krishtianuda yetakchilik qobiliyati bor. Krish jamoamining muhim bir qismi, u har qanday himoya uchun jiddiy xavf. Ronaldu raqib jamoa himoyasidagi "tirqish"ni topa oladi" - deydi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News