Erik Abidal Fakketti nomidagi sovringa ega bo'ldi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2013
"Monako" himoyachisi Erik Abidal Jachinto Fakketti nomidagi sovringa ega bo'ldi.
Bu sovrin futbol ichidagi mardonavor harakatlarni amalga oshirganlarga beriladi. "L`Equipe" nashrining xabariga ko'ra futbolchi jigaridagi og'ir hastalikdan so'ng yana futbolga qaytgani uchun bu sovrinni olgan.

 – Sportda ko'p narsa o'rganasiz: ishtirok, kuch va iroda – bu hayot maktabi. Futbol jamoatchiligidan katta ruhiy dalda oldim, bu mening oilam ekaniga ishondim. Faoliyatimni tugatamanmi? Bu savolni o'zimga berganim yo'q. Hozir kuchim bor ekan o'ynayveraman. "Monako" va Klaudio Raneriga rahmat. Ular menga imkon berishdi, - deydi Abidal. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net