Enrikega Shkrinyar kerakmas. PSJ himoyachisi uchun "Fenerbaxche", "Galatasaroy" va "Beshiktosh" da'vogarlik qilmoqda

Alisher
30 iyun 2024, 13:37
Milan Shkrinyar shu yozda PSJni tark etishi mumkin.

Slovakiya terma jamoasi himoyachisi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening rejalariga kirmaydi.

Yana bir sabab – 29 yoshli futbolchining o'yin darajasi uning yuqori maoshiga to'g'ri kelmaydi.

Shkrinyarga "Fenerbaxche", "Galatasaroy" va "Beshiktosh" da'vogarlik qilmoqda. Himoyachining PSJ bilan shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Footmercato