Enrike: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi - Messi. U boshqalardan bir pog'ona yuqori"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 16:51
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Xorvatiyaga qarshi bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Xorvatiya terma jamoasida Modrich va Rakitichni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Bu futbolchilar ajoyib o'yin namoyish etishmoqda va individual sovringa loyiq. Biroq mendan jahonning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi kim deb so'rashsa, Messi deb javob bergan bo'lardim. U qolganlardan bir pog'ona yuqorida.

Xorvatlarga qarshi qanday sxema va tarkibda o'ynashimiz haqida aytmayman, chunki Dalichga yordam berishni istamayman. Bu jamoa futbolchilarining bo'yi baland. Ular yaxshi himoyalanishadi va hujumda bir butun bo'lib harakatlanishadi" - deydi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo