Enner Valensiya - muxlislar talqini bo'yicha "Vest Xem"ning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2014, 13:26
Enner Valensiya sentyabr oyida "Vest Xem" klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klub muxlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Valensiya 48% ovoz oldi. U Diafr Saxo (25%) va Styuart Dauningni (20%) ortda qoldirdi.

Ekvador terma jamoasi safida JCH-2014da ajoyib o'yin o'tkazgan futbolchi yaqindagina Angliya premer-ligasida o'ynashni orzu qilayotganini ma'lum qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru