

O'zbekiston futbol federatsiyasi yilning eng yaxshi futzal murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi:
- Fuzuliy Xayrullaev (“Oil Star”)
- Nodir Eliboev (O'zbekiston futzal terma jamoasi va “BMB”)
- Bahodir Ahmedov (O'zbekiston futzal terma jamoasi va “Jizzax-Kenteks”)
- Aleksandr Petrov (AGMK)

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi hamkorligida tashkil etilayotgan marosimning boshqa laureatlari tez orada e'lon qilinadi. Ananaga ko'ra, eng asosiy nominaciyalar g'oliblari sport jurnalistlari ovoziga ko'ra aniqlanadi. Ichki ligalar tasnifida esa eng kuchlilar mavsum davomida murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari hamda muxlislar ovozlariga ko'ra aniqlab kelinmoqda. Shuningdek, tashkilotchilar o'zbek futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan yana qator insonlarni taqdirlashni rejalashtirgan.



