"Eng zo'r-2022". Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2022, 17:52
Ayni paytda O'FA hamda O'zPFLning yil yakunlariga bag'ishlangan "ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022" taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Unda Superliganing yil murabbiyi hamda yil futbolchisi nomi ma'lum qilindi. 

"Coca Cola Superliga futbolchisi"

"Paxtakor" klubi yetakchisi, O'zbekiston Superligasi g'olibi va chempionat to'purari Dragan Cheran "Coca Cola Superliga futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Coca Cola Superliga murabbiyi"

"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Coca Cola Superliga murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia