“Eng tez liga”. Shomurodov navbatdagi o'yinni o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
5 apr 2020, 20:05
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

“Rostov” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov navbatdagi uchrashuvni “Ufa” a'zosi Artyom Golubevga qarshi o'tkazib, minimal hisobda (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Eldor bugunga qadar 6ta bahs o'tkazib, ularning 2tasini durangga erishdi. Qolgan 4 bellashuvda esa Shomurodov muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Rostov (Shomurodov) – Ufa (Golubev) 0:1 (0:0, 0:1)

PES 2020

Gol: 0:1 – 77 Aliev.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia