"Energetik-BGU" "Torpedo-BelAZ"ni taslim qildi. Bobir Abdixoliqovdan ikkita gol va bitta pas

Narzulla Saydullayev
3 apr 2022
Belarus chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Energetik-BGU" (Minsk) - "Torpedo-BelAZ" (Jodino) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Energetik" safida uchala legionerimiz ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bahsning 3-daqiqasida mehmonlar vakili Gorbachik hisobni ochdi - 0:1. 

15-daqiqada Papariga o'zi ishlagan penaltidan gol ura olmadi.

29-daqiqada Bobir Abdixoliqov Papariganing pasidan keyin gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.  

55-daqiqada Bobir Abdixoliqovning to'p uzatishidan keyin Aleksandr Svirepa mezbonlarni oldinga olib chiqdi - 2:1. 

90+4-daqiqada Bobir Abdixoliqov dublga erishdi - 3:1.


Shunday qilib, dastlabki ikkita turda Bobir Abdixoliqov o'z hisobiga 4ta gol va 1ta golli uzatmani yozib qo'ydi.

 

"Energetik-BGU" (Minsk) - "Torpedo-BelAZ" (Jodino) - 3:1
03.04.2022. Minsk, RCOR-BGU stadioni.
Gollar
: 0:1 - Gorbachik (3, pas - Velozo). 1:1 - Bobir Abdixoliqov (29, pas - Papariga). 2:1 - Aleksandr Svirepa (55, pas - Bobir Abdixoliqov). 3:1 - Bobir Abdixoliqov (90+4).
Golga aylanmagan penalti: Papariga (Energetik-BGU) 15 (darvozabon qaytardi).

"Energetik-BGU": Artem Makavchik, Shohruhbek Abdurahmonov, Daniil Silinskiy, Andrey Rilach, Yaroslav Makushinskiy, Bobir Abdixoliqov, Pavel Pashevich, Aleksandr Svirepa, Roman Papariga, Abduqodir Husanov, Aleksey Lavrik. 


Gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda tomosha qilish mumkin: VIDEOLARNI KO'RISH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia