Endrik "Real"dan ketmoqda

Alisher Ostonov
13 dek 2025, 15:02
Endrik "Lion" bilan ijara shartnomasini kelishib oldi.

Futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun yanvar oyida klubni tark etadi.

19 yoshli braziliyalik hujumchi Karlo Anchelottining e'tiboriga tushmoqchi va jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilmoqchi. "Real"ga ijara foydali, klubdagilar hujumchi kelajakda o'zini ko'rsata olishiga ishonishmoqda.

Bu mavsumda Endrik La Liga va Chempionlar Ligasida 1tadan o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: as.com