Enco Mareska: "Chelsi" 11ga 11da ham yaxshi o'ynadi. "Barsa" to'psiz o'zini yaxshi his qilmaydi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025, 12:20
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Liga chempionlari doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin (3:0) haqida fikr bildirdi.

Birinchi taymda kataloniyaliklar himoyachisi Ronald Arauxo maydondan chetlatilgan edi.

"Biz hatto 11ga 11da ham yaxshi o'ynadik. Bilasiz, "Barsa" to'p bilan o'ynashda o'zini juda erkin his qiladi, lekin to'pchiz unchalik emas.

Biz imkoniyatlar izladik, gollar urdik, uch marta urgan gollarimiz bekor qilindi. Yana ko'p vaziyatlar ham bo'ldi.

O'yindan keyin futbolchilarga eng muhimi – tiklanish kerakligini aytdim. Juma kundan e'tiboran esa diqqatni "Arsenal"ga qaratish lozim.

Impulsni saqlab qolishimiz kerak. O'yinlarni yutib turganda tiklanish ancha oson", – dedi Mareska.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports