Enco Fernandesni ikki ingliz grandi kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022, 13:00
Angliyaning "Liverpul" va "Chelsi" klublari argentinalik yosh iqtidor egasini taqib etmoqda.

Yozda Janubiy Amerikadan Yevropaga ko'chib o'tgan futbolchi "River Pleyt"ni "Benfika"ga almashtirdi. 21 yoshli o'yinchi Argentina termma jamoasi safida Jahon chempiontaida ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, Ispaniyaning "Barselona" klubi ham yarim himoyachi bilan bog'langani xabar qilinmoqda.

Portugaliya klubi a'zosi ushbu mavsum 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

Avvalroq "Barsa" Enconing o'yinini kuzatib borgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es