Enco Fernandes "Chelsi" Joau Feliksni doimiy sotib olishini istaydi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 19:39
Argentinalik futbolchi hozirgi jamoasi borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib barchaning e'tiborini tortgan Enco Fernandes qishki transferlar oynasining eng yirik xaridiga aylandi.

Yarim himoyachi xuddi u kabi yanvarda "ko'klar" a'zosiga aylangan portugaliyalik Joau Feliksni "Chelsi" butunlay sotib olishi kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek, Fernandes jamoa muxlislarini sabrli bo'lib, Grem Potterni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

Klub tarafdorlarining bir qismi allaqachon Chempionlar Ligasi titulini keltirgan Tomas Tuxelning bo'shatilishi evaziga olib kelingan Grem Potterning iste'fosini talab qilib chiqdi. 

"Stemford Brij" egalari Potter qo'l ostida o'tkazilgan 25 o'yinning atigi 9 tasida yutdi, APLda 10-o'ringa tushib ketdi va Chempionlar Ligasi 1/16 final bosqichi birinchi bahsida "Borussiya" Dortmundga mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro