Emre Jan “Borussiya” a'zosiga aylandi

31 yanv 2020, 23:36
“Yuventus” yarim himoyachisi Emre Jan Dortmundning “Borussiya” klubi safini to'ldirdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dortmundliklar safida 26 yoshli futbolchi ijara asosida to'p tepadi. Klublar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, “Borussiya” keyinchalik futbolchini transfer huquqini to'laligicha sotib olishi mumkin.

“Jamoa yuqori potencialga ega. Bu jamoaga yordamim tegishiga ishonchim komil. Doim Dortmund jamoasiga “simpatiyam” bo'lgan. Butun dunyoga mashhur dortmundlik fanatlar qarshisida maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deya o'z fikrini bildirib o'tdi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Jan “Bavariya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Bayer” va “Liverpul” safida to'p tepgan. 2018 yilda futbolchi erkin agent sifatida “Yuventus”ga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Боруссия" Д клуби расмий сайти