"Emirates Cup-2015"ni biz bilan tomosha qiling

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2015
Ertaga Londonning "Emireyts" stadionida "Emirates Cup-2015" turniriga start beriladi.

Ushbu musobaqada Angliya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya mamlakatlarining bittadan klubi ishtirok etadi.

"Emirates Cup-2015" quyidagi klublar qatnashadi: "Arsenal" - Angliya, "Vilyarreal" - Ispaniya, "Volfsburg" - Germaniya, "Lion" - Fransiya.

Barcha uchrashuvlar "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.

Taqvim:

25 iyul. 18:00 "Volfsburg" - "Vilyarreal" 

25 iyul. 20:15 "Arsenal" - "Lion"

26 iyul. 18:00 "Lion" - "Vilyarreal"

26 iyul. 20:15 "Arsenal" - "Volfsburg"

Barcha uchrashuvlarni hamkorimiz "Aleziya.com" sayti orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.


Ochkolar quyidagi tarzda taqsimlanadi:

G'alaba - 3 ochko, durang - 1 ochko, mag'lubiyat - 0 ochko. Jamoa urgan har bir gol uchun ham 1 ochko qo'shiladi.

"Emirates Cup-2014"ning g'olibi "Valensiya" bo'lgan.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia