Emeri sobiq jamoasi "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
29 apr 2021, 00:44
"Vilyarreal" ustozi Unai Emeri Yevropa Ligasi yarim finalining birinchi o'yini oldidan "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta va uning jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mikel Arteta futbol haqidagi tasavvurlarini hayotga tatbiq etmoqda, buni jamoaning o'yin uslubida yaqqol ko'rish mumkin. Arteta Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan birinchi qadamlaridan ko'p narsalarni o'rgandi. Shuning uchun u "Arsenal"da o'zini ko'rsatish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Menimcha, bu rivojlanish uchun ajoyib joy. Takidlash joizki, "Arsenal" muxlislari klub ranglarini himoya qilib kelgan Artetani oldindan juda yaxshi ko'rishadi. U Arsen Venger boshchiligida o'ynash baxtiga muyassar bo'lgan va ishonamanki, ispaniyalik ega bo'lgan bilimlaridan foydalana oladi. Menimcha, Arteta va "Arsenal" bu qoyilmaqom birlashuv", – dedi Emeri.

Eslatib o'tamiz, Emerining o'zi "kanonirlar"ni 2018 yil maydan 2019 yil noyabrgacha boshqargan.

"Vilyarreal" va "Arsenal" o'rtasidagi Yevropa Ligasidagi yarim final qarama-qarshiligining birinchi uchrashuvi 29 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tadi. U Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com