Emeri: "O'zil qachon jarohat olganini bilmayman"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 14:45
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Tottenxem"ga qarshi APLning 14-tur uchrashuvida nega Mesut O'zil yo'qligi haqida batafsil javob berib o'tirmadi.

"Nega O'zil maydonga tushmadi. Unda jarohat bor edi. Qachon bunday bo'ldi? Bilmayman. O'yinni ko'rgani kelganini ham bilmayman" - deydi Emeri.

"Arsenal" "Tottenxem" ustidan qozongan g'alaba tufayli Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa chiqib oldi. "Shporlar" esa "to'pchilar"dan bir pog'ona pastda.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com