Emeri - "Nyukasl" bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar

Alisher
2 noya 2021, 18:24
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Nyukasl" boshqaruvi uchun asosiy da'vogardir.

Angliya klubi "Vilyarreal"ga murabbiy uchun 6 million evro to'lashga tayyor.

"Nyukasl" shuningdek "Bornmut" sobiq bosh murabbiyi Eddi Xauning variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, 7 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni rahbariyati davlat investiciya Fondi "Nyukasl"ni 300 million funtga xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic