Emeri: "Kelgunimga qadar "Arsenal" bir nuqtada qotib qolgandi"

Mirjalol Normatov
10 fev 2020, 23:22
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri London jamoasida qo'lga kiritgan natijalari haqida gapirdi.

"Kelgunimga qadar "Arsenal" ikki yil davomida bir nuqtada qotib qolgandi. Biz esa uni o'zgartira oldik. Jamoa Yevropa ligasi finaliga qadar yetib bordi. Angliya chempionatida esa 5-o'rinni egalladik. To'g'ri, so'nggi o'yinlarda omadimiz kelmadi.

Yaxshi mavsumni o'tkazgandik, biroq menda o'shanda jamoani yaxshilash borasida tushunchalar ko'p edi. Keyinchalik 4 nafar yetakchilarimizdan mahrum bo'ldik. O'yinimizga jon berib turadigan yetakchilarga muhtoj bo'lib qoldik. Shu boisdan natijalarga erishish uchun vaqt kerak edi", - dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football