Emeri Foytning "Barselona"ga ehtimoliy transferini tasdiqladi

Alisher
23 avg 2022
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri o'ng qanot himoyachisi Xuan Foytning "Barselona"ga ehtimoliy transferini tasdiqladi.

"Barselona" rostdan ham Foytni xarid qilishni xohlayotganga o'xshaydi. Xuan menga "Vilyarreal"da unga yaxshi ekanligini aytdi. Uning kyetishini istisno etmayman, ammo u qolishi mumkin", - deydi Emeri.

O'yinchining transferi "Barselona"ga 30 mln evroga tushishi mumkin. Bitimga kataloniyaliklar himoyachisi Serjino Dest qo'shilishi mumkin.

Foytning transfer narxi - 25 million evro.


AlisherMuallif
Manba: El Larguero