Emeri "Everton" bilan muzokaralar olib bormoqda

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2016
Everton rahbariyati Sevilya bosh murabbiyi Unai Emerini bosh murabbiy sifatida klubga taklif qilmoqchi.


Roberto Martinesning iste'fosidan so'ng bosh murabbiysiz qolgan mersisaydliklar Yevropa Ligasini ketma-ket uch marotaba yutgan murabbiy bilan shartnoma imzolamoqchilar.

Xabar qilinishicha, Emerining o'zi ham Angliyada ishlashga qarshi emas.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: talkSPORT