Emeri: "Biz Aytekinga qarshi o'ynaganmiz"

Mirjalol Normatov
20 mar 2020, 20:06
PSJning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri YCHL pley-offida "Barselona"dan (1:6) uchralgan mag'lubiyatni esladi.

"Barselona"ga qarshi 2ta o'yin o'tkazganmiz. Birinchisida "Barselona"ga qarshi o'ynaganmiz, ikkinchisida esa bosh hakam Deniz Aytekin raqibimiz bo'lgan. Agarda o'shanda VAR bo'lganida biz navbatdagi bosqichga chiqqan bo'lardik", - dedi Emeri.

O'shanda Parijdagi ilk o'yinda PSJ 4:0 hisobida g'alabaga erishgandi. "Barselona" esa Kataloniyada 6:1 hisobini qayd etib, keyingi bosqichga chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal