Emeri: "Aston Villa" noodatiy xatolarga yo'l qo'ydi, "Manchester Siti" sovuqqon edi"

Sherzod Nurmatov
13 fev 2023, 11:32
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 23-turida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.

"Safardagi uchta g'alabamizdan so'ng biz barqarorlikni saqlab qolish va raqobatlashish haqida o'yladik. Albatta, qiyin o'yin bo'lganini bilamiz. Biz APLning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik va bu yerda qiyin kechdi, chunki ular sovuqqon edi.

Biz noodatiy xatolarga yo'l qo'ydik, biroq birinchi bo'lim so'ngidanoq maydonda o'z poziciyamizni saqlab qoldik, gol urishga va ko'p imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmaslikka harakat qildik hamda bunga erishdik. Umuman olganda, endi hammasi tugadi va biz "Arsenal"ga qarshi navbatdagi o'yin haqida o'ylayapmiz", – dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ВВС